Davlat madhiyasi
Bosh sahifa O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi
O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi
O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to'g'risida gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi — O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.Davlat madhiyasiga chuqur hurmat bilan qarash — O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Davlat madhiyasining so'zi — O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasi esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov tomonidan yozilgan.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar — jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar — jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN