“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gimni
toʻgʻrisida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga
zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining
vatanparvarlik burchidir.
Davlat madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq
shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal
(Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt,
najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas
iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!