News Details
Home News News DetailsQarshi stansiyasida nazorat tekshiruvi amalga oshirdi
Joriy yilning 4-avgust kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali bosh muhandisi T.J.Xamrayev Qarshi stansiyasida nazorat tekshiruvi amalga oshirdi. Mazkur tekshiruv davomida stansiya yo'llari, strelkali o'tkazgichlar holati, elektr qurilmalarining texnik sozligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, temir yo‘l inshootlari va qurilmalarining soz holatda saqlanishi, lokomotiv va vagonlar texnik holati, signallashtirish va aloqa tizimlarining ishlash samaradorligi, texnik hujjatlarning to'g'ri yuritilishi atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish, ta’mirlash va takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Stansiya hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ekologik muhitni asrash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ularni yanada tizimli davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU