Select language
Appearance and Weather
VIEW
Weather - Qarshi
--°C
Loading...
Humidity: --%
Wind: -- m/s
Last update: now
Subscribe

News Details

Home News News Details

Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 26-avgust kuni “Harakat xavfsizligi kuni” doirasida Qarshi MTU filiali bosh muhandisi T.J.Xamrayev, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamentining Qarshi MTU filiali bo‘yicha bosh noziri Sh.S. Xalimov hamda tegishli mas'ullar ishtirokida joylarda navbatdagi nazorat tekshiruvlari tashkil etildi. Tekshiruv davomida Dasht stansiyasi, Kengsoy stansiyasi hamda Kengsoy vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish punktida ishchi-xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, harakat xavfsizligini ta’minlash, mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etish hamda texnologik jarayonlarni belgilangan tartibda bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Nazorat jarayonida: 🔹harakat xavfsizligi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlarning oldini olish; 🔹 mehnat muhofazasi bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish; 🔹 texnologik jarayonlarning belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash; 🔹 ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish; 🔹 xodimlarning mehnat intizomi va mas’uliyatini oshirish; 🔹 bayram oldidan ishlarni xavfsiz va sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga harakat xavfsizligi talablarini buzilishining oldini olish, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy amal qilish, ish jarayonida hushyorlikni oshirish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Telegram Channel Preview

Join our Telegram channel and
enjoy the benefits

Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!