News Details
Home News News DetailsQarshi MTU filialida kuzgi ko'rik davom etmoqda
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko‘rik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur ko‘riklar filial boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Navbatdagi kuzgi ko‘riklar davomida Qarshi temir yo‘l shifoxonasi hamda Qarshi vagon deposi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ko‘rik jarayonida korxonalardagi mavjud sharoitlar, bino va inshootlarning texnik holati, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi talablari, hududlarning obodonlashtirilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ishlab chiqarish jarayonlarining belgilangan me’yorlar asosida tashkil etilgani o‘rganildi. Kuzgi ko‘rikning asosiy maqsadi — korxonalarda barqaror va xavfsiz ish faoliyatini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan kutib olishdan iborat.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU