Select language
Appearance and Weather
VIEW
Weather - Qarshi
--°C
Loading...
Humidity: --%
Wind: -- m/s
Last update: now
Subscribe

News Details

Home News News Details

214-sonli Yo'l mashina stansiyasi filialida nazorat ko‘rigi amalga oshirildi

Joriy yilning 29-sentabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligida, MTU bo'lim boshliqlari hamda tegishli xodimlar tomonidan 214-sonli Yo'l mashina stansiyasi filialida nazorat ko‘rigi amalga oshirildi. Mazkur tekshiruvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – korxonada ishlab chiqarish jarayonida mehnat intizomi, texnik xavfsizlik, harakat xavfsizligi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda texnologik jarayonlarning amaldagi tartiblarga muvofiqligini chuqur o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. 💠Ko‘rik doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha holatlar sinchiklab o‘rganildi: ➡️Ishchi-xodimlar tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishi; ➡️Ish texnologiyasining talab darajasida bajarilishi; ➡️Mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy amal qilinishi va xavfsiz ish sharoitlarining yaratilganligi; ➡️Harakat xavfsizligi yuzasidan olib borilayotgan profilaktik choralar samaradorligi. ⚙️Ko‘rik davomida ayrim mavjud muammolar, texnik nosozliklar va tashkiliy kamchiliklar aniqlanib, ularni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi. Korxona ishchi-xodimlari ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etilib, unda xodimlarning kundalik faoliyatida duch kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tinglandi. 〰️Suhbat jarayonida bildirilgan barcha fikr-mulohazalar inobatga olinib, mas’ullar tomonidan amaliy yechimlar belgilandi hamda berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Telegram Channel Preview

Join our Telegram channel and
enjoy the benefits

Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!