News Details
Home News News DetailsBahorgi ko‘rik o‘tkazildi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug‘iga asosan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ rahbariyati boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan “Temiryo‘linfratuzilma” AJning "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli stansiyalarda bahorgi ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rik davomida xo‘jaliklar holati, mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz holatda saqlanishi, ish texnologiyasining to‘g‘ri bajarilishi hamda mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi, profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo‘l, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa xo‘jaliklaridagi mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur bahorgi ko‘rik "Maroqand – Qarshi – Kitob" temir yo‘l uchastkasida joylashgan stansiyalarda tashkil etildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU