News Details
Home News News Details"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialida Bahorgi ko‘rik yakuni o'tkazildi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026-yil 16-may kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli filiallar va stansiyalarda harakat xavfsizligi talablari hamda tashish texnologik jarayonining bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan "Bahorgi ko‘rik" yakunlandi. Ko‘rik davomida: 🔹 xo‘jaliklar holati 🔹 mehnat muhofazasi va intizomi 🔹 texnik vositalarning belgilangan talablarga muvofiqligi 🔹 poyezdlar harakatini tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, inshoot va qurilmalarning soz holatda saqlanishi, ish texnologiyasining to‘g‘ri bajarilishi hamda mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar batafsil tahlil qilindi. Mazkur ko‘rik natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU