News Details
Home News News DetailsHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 20-may kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G'.Narzullayev topshirig'i ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari amalga oshirildi. Lokomotiv brigadalari bilan uchrashuvda lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish, smena davomida nuqsonlarga yo'l qo'yilmaslik takidlab o'tildi, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi. Nazorat jarayonida lokomotivlarning texnik holati, ularning ekspluatatsiya talablariga muvofiqligi, rejali ta’mirlash ishlari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining smena davomida xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi va harakat xavfsizligiga to'sqinlik qiluvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Depo ta’mirlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU