News Details
Home News News DetailsHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 3-iyun kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig'i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi tashkil etildi. Mazkur tekshiruvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlar ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ishchi-xodimlar faoliyatini joyida o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Nazorat jarayonida lokomotivlarning texnik holati, ularning ekspluatatsiya talablariga muvofiqligi, rejali ta’mirlash ishlari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining smena davomida xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi va harakat xavfsizligiga to'sqinlik qiluvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Depo ta’mirlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU