News Details
Home News News DetailsQarshi temir yo'l shifoxonasi faoliyati o'rganildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” MChJ boshlig‘i M.M. Mamasiddiqov Qarshi temir yo‘l shifoxonasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O'rganishlar davomida shifoxonada yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish darajasi hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bemorlarga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, temir yo‘l xodimlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Tashrif doirasida shifoxona jamoasi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, xodimlarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU