News Details
Home News News DetailsMaroqand-Gumbaz stansiyalar oralig'i piyoda tekshirib o'tildi
Yurtimizda ob-havo harorati keskin qizib ketishi kuzatilmoqda. Shu o'rinda, Qarshi MTU filiali hududiga kiruvchi temir yo'l uchastkalar tegishli mas'ul rahbar hamda xodimlar tomonidan tekshirib chiqilmoqda. Jumladan, joriy yilning 14-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” filiali bosh muhandisi T.J.Xamrayev tomonidan Maroqand-Gumbaz stansiyalar oralig'ida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti xo‘jaligi, aloqa xo'jaligi qurilmalari hamda sun'iy inshootlar, qo'riqlash postlari piyoda tekshirib o‘tildi. Tekshiruv davomida temir yo'l izlarining holati, kontakt tarmog'i, qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmalari, signal nuqtalari, elektr qurilmalar, sun'iy inshootlarning holati, panjara to'siqlarining holati ko'zdan kechirildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU