News Details
Home News News DetailsQarshi – Maroqand temir yo‘l uchastkasida piyoda ko‘rik o‘tkazildi
Yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoiti sababli temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazorat qilish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida joylarda kuchaytirilgan tekshiruvlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i o‘rinbosari A.A. Saitmuratov boshchiligida tegishli filial rahbarlari va mas'ul xodimlar ishtirokida Qarshi–Maroqand temir yo‘l uchastkasining 3780–3787-kilometrlari hamda Jom stansiyasi hududida piyoda ko‘rik tashkil etildi. Tekshiruv davomida temir yo‘lning ustki tuzilmasi, rels izlari, stansiya xo‘jaligi, sun'iy inshootlar hamda harakat xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yozning yuqori harorati ta'sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU