Select language
Appearance and Weather
VIEW
Weather - Qarshi
--°C
Loading...
Humidity: --%
Wind: -- m/s
Last update: now
Subscribe

News Details

Home News News Details

Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 22-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda tegishli xodimlar ishtirokida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda lokomotiv brigadalari bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Join our Telegram channel and
enjoy the benefits

Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!