News Details
Home News News DetailsTadbirkorlar bilan uchrashuv
2026-yil 28-iyul kuni “Qarshi MTU” filiali bilan hamkorlikda ishlovchi tadbirkorlar ishtirokida Kitob stansiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Tadbirda “Qarshi MTU” filiali rahbariyati, "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali rahbari hamda tegishli xodimlar ishtirok etib, tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib borildi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU