News Details
Home News News DetailsHarakat xavfsizligi doimiy nazoratda
"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev boshchiligida harakat xavfsizligini ta'minlash hamda infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Kitob va Qamashi stansiyalarida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi. Xususan, Kitob–Tanxoz temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 113-kilometr 6-piketida yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlari harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda mahalliy aholining temir yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini ta'minlash maqsadida, o’rnatilgan 2,3 × 2,0 metr o‘lchamdagi temir-beton piyodalar tunneli qurilishining bugungi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Qamashi stansiyasi binosi hamda stansiya hududida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Hozirda stansiya binosi zamonaviy me'moriy talablar asosida qayta ta'mirlanib, yo‘lovchilar va temir yo‘l xodimlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Stansiya atrofi obodonlashtirilib, hududning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Join our Telegram channel and
enjoy the benefits
Document statuses, congratulations, reminders and real-time notifications - all delivered to you promptly via Telegram channel!
UZ
RU