Davlat bayrog'i
Bosh sahifa O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i
O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i
“O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o'zida mujassamlashtiradi.
Moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Bu yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi. U kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Poklik, beg'uborlik, orzu va ichki go'zallik timsolidir.
Yashil rang – tabiatning yangilanishi, navqironlik, umid va shodumonlik timsoli.
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN