Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Qashqadaryo stansiyasi hamda "214-sonli yo‘l mashina stansiyasi" filialida nazorat tekshiruvi amalga

Joriy yilning 4-avgust kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X. Mirzayev boshchiligida hamda tegishli xodimlar birgalikda joylarda harakat xavfsizligini taʼminlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish hamda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida Qashqadaryo stansiyasi hamda "214-sonli yo‘l mashina stansiyasi" filialida nazorat tekshiruvi amalga oshirildi. Mazkur tekshiruv davomida korxonada texnik hujjatlar yuritilishi holati, ishlab chiqarish jarayonlarining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, elektr qurilmalarining texnik sozligi, sexlarda olib borilayotgan ishlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ma’muriy bino, omborxona hamda ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan dam olish xonalari holati o‘rganilib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar baholandi. Tekshiruv jarayonida filial rahbari tomonidan ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning mehnat faoliyati, mavjud muammolar va takliflari tinglandi. Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Qashqadaryo stansiyasidagi temir yo'llar, strelkali o'tkazgichlar, svetoforlar holati birma-bir koʻzdan kechirildi. Nazorat tekshiruvi yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish jarayonlarini yanada takomillashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!