Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

QARSHI HARBIYLASHTIRILGAN QO‘RIQLASH OTRYADIGA QARASHLI CHASHMA O‘QCHILIK KOMANDASINING YANGI BINOSI

Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ishonchli muhofaza qilish, harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun zamonaviy va qulay xizmat sharoitlarini yaratish maqsadida Qarshi harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadiga qarashli Chashma o‘qchilik komandasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali rahbari M.X. Mirzayev ishtirok etib, yangi binoning ramziy ochilish marosimini amalga oshirdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar temir yo‘l obyektlari xavfsizligini ta’minlashda harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, yangi binoning foydalanishga topshirilishi ularning xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shaxsiy tarkib uchun munosib xizmat va maishiy sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Yangi binoda xodimlarning samarali xizmat olib borishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy xizmat xonalari, maishiy qulayliklar hamda zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bu esa temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ishonchli qo‘riqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash va xizmat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Mazkur loyiha temir yo‘l tizimida xavfsizlikni mustahkamlash, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari izchil davom etayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!