Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi doimiy nazoratda
Joriy yilning 11-avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashish hamda korxonada raqamlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Qarshi vagon ekspluatatsiyasi uchastkasi filialida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarining holatini baholash maqsadida ma’muriy binolar, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi omborxonalar, xodimlarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv va mashg‘ulot xonalari, shuningdek, mahsulot tayyorlash va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, temir yo‘l tizimining uzluksiz va xavfsiz faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mehnat sharoitlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, ovqatlanish va dam olish xonalarining holati hamda ularning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi alohida o‘rganildi. Bugungi kunda muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblangan raqamlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning joriy etilish bosqichlari va samaradorligi yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi. Bundan tashqari, mavjud infratuzilmaning texnik holati, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, mehnat unumdorligini oshirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN