Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 12-avgust kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv davomida lokomotivlarning texnik holati, ekspluatatsiya talablariga muvofiqligi, rejali ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish jarayoni, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Depo ta’mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Nazorat yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN