Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

“Shuhrat” medali — fidokorona mehnat e’tirofi

Mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari arafasida yurtimizda inson qadri, uning halol mehnati va Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi yana bir bor yuksak e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va ibratli faoliyati bilan yurtimiz ravnaqiga xizmat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar safidan «Temiryo‘linfratuzilma» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi elektr ta’minoti masofasi» filiali elektromexanigi Maxmarajabov Sanaqul Dusmaxammadovichning ham o‘rin olgani alohida quvonch bag‘ishlaydi. U temir yo‘l sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va fidoyiligi, shuningdek, soha taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Davlat mukofotini Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali ravishda topshirib, Sanaqul Maxmarajabovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi. Mazkur mukofot temiryo‘l sohasida mehnat qilayotgan fidoyi xodimlarga yuksak e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lib, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida yanada samarali va sidqidildan mehnat qilishga ruhlantiradi. Sanaqul Maxmarajabovni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!