Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Harakat xavfsizligi doimiy nazoratda

Joriy yilning 3-sentabr kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan joylarda harakat xavfsizligini taʼminlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish hamda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida Qarshi-Qashqadaryo stansiyalar oralig'i 4122-kmda joylashgan qo'riqlanadigan temir yo'l kesishmasi hamda "Qashqadaryo temir yo‘l masofasi" filialida nazorat tekshiruvi amalga oshirildi. Mazkur tekshiruv davomida korxonada texnik hujjatlar yuritilishi holati, ishlab chiqarish jarayonlarining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, elektr qurilmalarining texnik sozligi, sexlarda olib borilayotgan ishlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ma’muriy bino, omborxona hamda ishchi-xodimlar uchun mo‘ljallangan dam olish xonalari holati o‘rganilib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar baholandi. Temir yo‘l kesishmalarining texnik holati, signalizatsiya va ogohlantiruvchi qurilmalarning ishlash jarayoni, yoritish vositalari, yo‘l belgilari, shlagbaumlar hamda harakat xavfsizligini ta’minlovchi boshqa texnik vositalarning talab darajasida ekanligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, kesishmalarda xizmat olib borayotgan navbatchilarning mehnat intizomi, xizmat vazifalarini bajarish holati ham tekshirildi. Nazorat tekshiruvi yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish jarayonlarini yanada takomillashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!