Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiQARSHI–KENGSOY TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayevning 2026-yil 3-sentabrdagi 411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi–Kengsoy temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Filial boshlig‘i M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda: ➖temir yo‘l izlari va uning texnik holati; ➖ strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi; ➖ sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati; ➖ temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi; ➖ signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati; ➖ yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati; ➖ kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN