Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Toshg‘uzor–Oqrabot temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik

Joriy yilning 3-sentabr kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida kuzgi mavsum oldidan an’anaviy ko‘rik ishlari boshlandi. Tadbir filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida, uzel tarkibidagi barcha xo‘jaliklar, korxonalar va stansiyalar mutasaddilari ishtirokida Toshg‘uzor–Oqrabot temir yo‘l uchastkasida o‘tkazildi. Ko‘rikning asosiy maqsadi — kuzgi-qishki mavsumda temir yo‘l tizimida uzluksiz va xavfsiz harakatni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishdir.

Tekshiruv davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 🔘 Ishchi-xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi va xizmat vazifalarini bajarishi 🔘 Temir yo‘l inshootlari hamda texnik qurilmalarning soz holatda saqlanishi 🔘 Texnologik jarayonlarning to‘liq va sifatli bajarilishi 🔘Mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik talablarining qat’iy nazorat qilinishi 🔘 Lokomotiv, vagon, yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish Shuningdek, profilaktik ishlar doirasida harakat xavfsizligini kafolatlaydigan texnik vositalarning ishlash samaradorligi ham sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi, mas’ullarga esa aniq topshiriqlar berildi. 🚅 O‘tkazilgan kuzgi ko‘rik poyezdlar harakati xavfsizligi, ishlab chiqarish samaradorligi hamda temir yo‘l tizimida barqaror faoliyatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!