Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiBahorgi ko'rik davom etmoqda
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug‘iga asosan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ rahbariyati boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan “Temiryo‘linfratuzilma” AJning "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli korxona, tashkilot hamda stansiyalarda bahorgi ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rik davomida xo‘jaliklar holati, mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz holatda saqlanishi, ish texnologiyasining to‘g‘ri bajarilishi hamda mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi, profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yo‘l, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa xo‘jaliklaridagi mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur bahorgi ko‘rik "Oqrabot – Qarshi – Muborak" temir yo‘l uchastkasida joylashgan stansiyalarda hamda 214-sonli Yo'l mashina stansiyasida tashkil etildi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN