Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o'tkazilmoqda

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga asosan, filial tarkibidagi barcha korxona va stansiyalarda navbatdan tashqari tekshiruv va ko‘rik ishlari o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, joriy yilning 19-may kuni Qarshi-Maroqand temir yo'l uchastkasida tekshiruv ishlari o'tkazildi. Mazkur ko‘riklardan asosiy maqsad — poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, texnologik intizomga rioya etilishi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi hamda korxona va qurilmalarning me’yoriy ish holatini nazorat qilishdan iborat. Ko‘rik davomida: ✔️ harakat xavfsizligi, ✔️ texnologik jarayonlarga rioya etilishi, ✔️ mehnat muhofazasi, ✔️ estetik holat va tozalik, ✔️ me’yoriy hujjatlarning yuritilishi kabi yo‘nalishlar chuqur o‘rganiladi. Tekshiruv ishlari “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X.Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan olib borilmoqda.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!