Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiQarshi–Kitob temir yo‘l uchastkasida keng ko‘lamli ko‘rik ishlari amalga oshirildi
“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida keng ko‘lamli ko‘rik ishlari davom etmoqda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga muvofiq, filial tasarrufidagi korxona hamda stansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik va nazorat ishlari tashkil etildi. Shu asosda, 26-may kuni Qarshi–Kitob temir yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligi va ekspluatatsiya jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Ko‘rik tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad: ✅ poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlash, ✅ texnologik intizomga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish, ✅ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini ta’minlash, ✅ hududlarning obodonlashtirilganligi va sanitariya holati, ✅ korxona va qurilmalarning texnik holatini baholashdan iborat. Mazkur tekshiruv ishlari “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X.Mirzayev boshchiligidagi komissiya tomonidan olib borilmoqda.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN