Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Harakat xavfsizligi kuni doirasida tekshiruv ishlari olib borildi

Harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini nazorat qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish maqsadida “Harakat xavfsizligi kuni” doirasida navbatdagi o‘rganish va tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali bosh muhandisi T.J. Xamrayev va Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamenti Qarshi MTU filiali bo'yicha bosh noziri Sh.S. Xalimov tomonidan Tanxoz stansiyasi va 111-kilometrda joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida temir yo‘l kesishmasining texnik holati, yo‘l belgilari, signalizatsiya vositalari, ogohlantiruvchi qurilmalar, yoritish tizimi hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa muhim infratuzilma obyektlarining ishlash jarayoni o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda poyezdlar harakatining uzluksiz va xavfsiz tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!