Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

"Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi harakatlanadigan temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi

Mamlakatimiz hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilayotgan bugungi kunlarda temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazorat qilish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik tekshiruvlar kuchaytirilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 14-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda tegishli xodimlar birgalikda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" yo‘lovchi elektropoyezdi qatnovi amalga oshiriladigan Qashqadaryo–Qarshi stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l uchastkasi piyoda tekshirib o‘tildi. Tekshiruvda yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa xo‘jaligi mutaxassislari ishtirok etib, yozning jazirama kunlarida temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga alohida e'tibor qaratildi. Nazorat tadbiri davomida temir yo‘l izlarining texnik holati, rels va shpallar, kontakt tarmog‘i, signalizatsiya hamda aloqa qurilmalari, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari, sun'iy inshootlar, qo‘riqlash postlari va panjara to‘siqlarining holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!