Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiQarshi–Oqrabot temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab 126-son diagnostika laboratoriya vagoni yordamida monit
🔊2026-yil 16-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirov tomonidan o‘tkazilgan videokonferensaloqa (VKS) selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 17-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev hamda korxona rahbarlari ishtirokida Qarshi–Oqrabot temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab 126-son diagnostika laboratoriya vagoni yordamida monitoring va texnik ko‘rik ishlari amalga oshirildi. Mazkur kuzatuv davomida temir yo‘l izlari, sun’iy inshootlar, signalizatsiya va aloqa qurilmalari, elektr ta’minoti hamda boshqa infratuzilma obyektlarining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Dehqonobod va Oqrabot stansiyalarida relslarning texnik holati hamda harorat darajasi maxsus o‘lchov vositalari yordamida tekshirildi. Shuningdek, strelkali o‘tkazgichlar, svetoforlar, elektr ta’minoti qurilmalari, sun’iy inshootlar, ko‘priklar hamda texnik hujjatlarning yuritilish holati batafsil o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, temir yo‘l infratuzilmasini soz holatda saqlash hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan filial rahbari M.X. Mirzayev tomonidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Mamlakatimiz hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilayotgan bugungi kunlarda temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazorat qilish, relslarning harorat rejimini muntazam kuzatib borish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik nazorat hamda texnik ko‘rik ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN