Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiTadbirkorlar bilan uchrashuv
2026-yil 21-iyul kuni “Qarshi MTU” filiali bilan hamkorlikda ishlovchi tadbirkorlar ishtirokida Kengsoy stansiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G'.Narzullayevning tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda joyida hal etishga qaratilgan 136-YH-sonli farmoyishi hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari A.A.Kamildjanovning "Mahalliy va eksport qatnovlarda xususiy (ijaraga olingan) vagonlardan foydalanish bo'yicha «O'zaro hamkorlik shartnomasi»ni tuzuvchi tartibni tasdiqlash to'g'risidagi" 408-HЗ-sonli buyruq ijrosi doirasida tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Tadbirda “Qarshi MTU” filiali rahbariyati, "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali rahbari hamda tegishli xodimlar ishtirok etib, tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib borildi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN