Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiTadbirkorlar bilan uchrashuv
Joriy yilning 21-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali rahbari, "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali boshlig'i hamda tegishli xodimlar ishtirokida O‘zbekiston GTL rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlik yuzasidan kelgusidagi rejalar kelishib olindi. Uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 136-UN-sonli farmoyishi hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari A.A. Kamildjanovning 408-HЗ-sonli buyruq ijrosi doirasida tashkil etildi. Hamkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va savollar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni joyida hal qilish, yuk tashish jarayonlarini optimallashtirish va hamkorlikni mustahkamlashga doir konkret kelishuvlar amalga oshirildi. Ushbu muloqotlar tadbirkorlik muhitini yaxshilash, logistika sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda mijozlarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida olib borilmoqda.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN