Tilni tanlash
Ko'rinish va Ob-havo
KO'RINISH
Ob-havo - Qarshi
--°C
Yuklanmoqda...
Namlik: --%
Shamol: -- m/s
So'nggi yangilanish: hozir
Biz bilan bog'lanish
Obuna bo'ling

Yangilik tafsiloti

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti

Mash'al stansiyasida harakat xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

2026-yil 22-iyul kuni “Harakat xavfsizligi” kuni hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirovning 2026-yil 22-iyundagi 348-НЗ-sonli buyrug‘i asosida o‘tkazilayotgan “Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali bosh muhandisi T.J. Xamrayev tomonidan "Qarshi–Buxoro" yo‘nalishida harakatlanuvchi 6318-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdi lokomotiv kabinasida kuzatuv amalga oshirildi. Shundan so‘ng Mash'al vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktida harakat xavfsizligini ta’minlash, texnologik intizomni mustahkamlash hamda mehnat muhofazasi talablariga rioya etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida "Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi" filialida yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilishlari va nuqsonli ishlar tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarning takrorlanishini oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Xodimlarga vagonlarga sifatli texnik xizmat ko‘rsatish, texnologik jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etish hamda texnik ko‘riklarni yuqori sifat darajasida o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, texnik ko‘rik jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar bildirildi. Seminarda mehnat muhofazasi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mehnat muhofazasi talablarining buzilishi oqibatida yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablari tahlil qilinib, bunday holatlarning oldini olish uchun amaldagi qonun-qoidalar va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, har bir xodimning mas’uliyati va hushyorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Seminar yakunida ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi. Shuningdek, vagonlarga sifatli texnik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, ishlab chiqarish va texnologik intizomni mustahkamlash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram Channel Preview

Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling

Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!