Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiHarakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 29-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda lokomotiv brigadalari bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Depo ta’mirlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
Eng So'ngi Yangiliklar
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN