Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti“KORRUPSIYADAN HOLI HUDUD” SHIORI OSTIDA SEMINAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 30-iyul kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tasarrufidagi barcha bo‘lim va korxona xodimlari ishtirokida “Korrupsiyadan holi hudud” shiori ostida seminar-yig‘ilishi tashkil etildi. Seminar korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xizmat faoliyatida shaffoflik hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda “Qarshi MTU” filiali bosh muhandisi T.J. Xamrayev, Qarshi transport prokuraturasi tergovchisi A.M. Erjigitov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.K. Komilov, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.E. Razzoqov, “O‘zvagonta’mir” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xodimi D.I. Musalimov hamda Qarshi MTU filiali korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi M.Sh. Rashidov ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik, tizimda olib borilayotgan islohotlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan ma'ruzalar qildilar. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas'uliyati va daxldorligi alohida ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN