Yangilik tafsiloti
Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsilotiQashqadaryo stansiyasiga nazorat safari amalga oshirildi
"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev tomonidan Qashqadaryo stansiyasida harakat xavfsizligini ta'minlash hamda temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish yuzasidan amaliy o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida, Qashqadaryo stansiyasida poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Stansiya navbatchisining xizmat faoliyati, poyezdlar harakatini tashkil etish jarayonlari hamda texnik hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi. Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi filiali Qashqadaryo vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti faoliyati ham o‘rganildi. Bu yerda yuk va yo‘lovchi vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish sifati, ta'mirlash jarayonlari, ishlab chiqarish intizomi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarning bajarilish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Qashqadaryo temir yo‘l masofasi filiali binosida olib borilayotgan rekonstruksiya hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha o‘rganildi. Hozirgi kunda ma'muriy bino zamonaviy me'moriy talablar asosida mukammal ta'mirlanib, ishchi-xodimlar uchun qulay va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, korxona hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash hamda ishlab chiqarish madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlarning borishi o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari korxona infratuzilmasini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish hamda xodimlar uchun munosib mehnat muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Telegram kanalimizga qo'shiling va
qulayliklardan bahramand bo'ling
Hujjat holatlari, tabriklar, eslatmalar va real-time bildirishnomalar — barchasi sizga Telegram kanali orqali o'z vaqtida yetib boradi!
RU
EN