Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

Toshg‘uzor–Oqrabot temir yo‘l uchastkasida o'rganishlar olib borildi

Joriy yilning 13-avgust kuni “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev tegishli korxona rahbarlari bilan birgalikda Toshg‘uzor–Oqrabot temir yo‘l uchastkasining tog‘li hududida bo‘lib, harakat xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda temir yo‘l infratuzilmasi holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, Oqrabot–Chashma stansiyalari oralig‘ida temir yo‘l izlarining egriligini to‘g‘rilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi o‘rganilib, ishlarning sifatli va belgilangan texnologik talablar asosida bajarilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, temir yo‘l izlarini almashtirish jarayonida amalga oshiriladigan texnologik “OKNO” ishlari tegishli korxona rahbarlari bilan atroflicha muhokama qilinib, ishlarni xavfsiz, sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!