Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

Harakat xavfsizligi kuni

Joriy yilning 26-avgust kuni “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Qarshi lokomotiv deposida navbatdagi nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Nazorat davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati ham alohida nazoratga olindi. Shuningdek, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud mehnat sharoitlari va ishlarning samaradorligi o‘rganildi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarning oldini olish hamda lokomotiv xo‘jaligida ish samaradorligi va harakat xavfsizligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!