Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni o‘z egalariga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yillik shonli sanasi yurtimiz hayotidagi ulkan tarixiy voqea sifatida keng nishonlanmoqda. Bu qutlug‘ ayyom arafasida Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizning mehnati va fidoyiligi yuksak e’tirof etilmoqda. Shu munosabat bilan “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida ham soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi temiryo‘lchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Esdalik nishonlarini filial rahbari M.X. Mirzayev temiryo‘lchilarga topshirib, ularni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi. Mazkur yuksak mukofot temiryo‘l tizimida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, harakat xavfsizligini ta’minlash, soha barqarorligi va rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Mukofot sohiblariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va temiryo‘l sohasidagi sharafli mehnatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!