Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиQarshi MTU filialida kuzgi ko‘rik yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona va stansiyalarda o‘tkazilgan kuzgi ko‘rik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida o‘tkazilib, unda kuzgi ko‘rik davomida korxona va stansiyalarda aniqlangan holatlar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida harakat xavfsizligi, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish intizomi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, temir yo‘l xo‘jaligi obyektlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN