Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

Gumbaz–Qarshi–Kitob temir yo‘l uchastkasida texnik ko‘rik amalga oshirildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 590-N3-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda texnik ko‘rik o‘tkazildi. ➖Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig‘i o‘rinbosari E.G‘. Omonqulov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan “Maroqand–Qarshi–Kitob” temir yo‘l uchastkasida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida: ▪️ harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishi; ▪️ profilaktik ishlarning samarali tashkil etilishi; ▪️ temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati; ▪️ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi; ▪️ korxona va stansiyalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi; ▪️ mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish holatlari nazoratdan o‘tkazildi. ➖Kuz-qish mavsumi — temir yo‘l tizimi uchun alohida mas’uliyat davri. Shu bois mavsumiy tayyorgarlikni puxta tashkil etish, texnik vositalarning sozligi, xodimlar mehnat xavfsizligi hamda poyezdlar harakatining barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!