Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

11 noyabr – “Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni”

11 noyabr – “Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni” munosabati bilan “Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli” filiali majlislar zalida bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirda “Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli” filiali boşliği M.X.Mirzayev iştirok etib, barça kasaba uyuşmasi faollari va xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Öz tabrigida kasaba uyuşmalarining xodimlar manfaatlarini himoya qiliş, ularning mehnat va ijtimoiy huquqlarini ta’minlaş, jamoada soğlom ma’naviy muhitni şakllantiriş hamda xodimlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi muhim örniga alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, tadbirda Kasaba uyuşmasi hududiy qömitasi raisi I.Ğ.Arslonov ham sözga çiqib, barça yiğilganlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.Öz nutqida kasaba uyuşmalarining xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş hamda jamoada özaro hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlaş borasidagi faoliyatiga alohida töxtalib, kasaba uyuşmasi tizimida fidokorona mehnat qilib, jamoat işlarida faollik körsatayotgan, özining taşabbuskorligi va mas’uliyati bilan boşqalarga örnak bölayotgan xodimlarning xizmatlarini e’tirof etdi. Kasaba uyuşmalari safidagi har bir faolning mehnati, taşabbusi va jonbozligi e’tiborga munosib ekanini ta’kidlab, barçaga mustahkam soğliq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi işlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram tadbiri doirasida filialda özining fidokorona mehnati va sohadagi xizmatlari bilan faoliyat yuritayotgan uch nafar temiryölchiga Özbekiston temiryölçilari va transport quruvçilari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining Faxriy yorliği topşirildi, şuningdek, özining namunali mehnati, taşabbuskorligi, kasaba uyuşmasi faoliyatidagi jonbozligi hamda jamoat işlaridagi faol iştiroki bilan hamkasblariga örnak bölib kelayotgan kasaba uyuşmasi faollari va xodimlari rağbatlantirildi.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!