Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиBo'zaxo'r stansiyasida hashar uyushtirildi
“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali Bo‘zaxo‘r stansiyasi hududida yashil belbog‘ yaratish maqsadida keng ko‘lamli hashar tashkil etildi. Unda “Temiryo‘linfratuzilma” AJga qarashli “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tasarrufidagi barcha korxona va tashkilotlardan ishchi-xodimlar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida hududni yanada obodonlashtirish, atrof-muhitni yashillantirish maqsadida ko‘plab daraxt ko‘chatlari ekildi. Jumladan, tut, gujum, olcha, olxo‘ri hamda boshqa mevali daraxtlar o‘tqazilib, stansiya hududi yanada ko‘rkamlashdi. Hashar yakunida jamoa o‘rtasida ko‘tarinki kayfiyatni mustahkamlash maqsadida korxona va tashkilotlar o‘rtasida "Arqon tortish" musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqa barchaga iliq taassurotlar ulashdi.
Arqon tortish musobaqasi natijalari: 1-o'rin Qarshi lokomotiv deposi filiali jamoasi va Qarshi elektr ta'minoti masofasi filiali jamoasi 2-o'rin Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali jamoasi 3-o'rin 214-sonli Yo‘l mashina stansiyasi filiali jamoasi
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN