Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

Qarshi–Dasht stansiyalari oralig‘i elektrovoz kabinasida kuzatib o‘tildi

Temir yo‘l transportida xavfsizlik va uzluksiz harakatni ta’minlashda lokomotiv brigadalarining mehnat sharoitlari hamda sifatli dam olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan Qarshi lokomotiv deposida lokomotiv brigadalari dam olish uyini rekonstruksiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Rekonstruksiya jarayonida dam olish uylari zamonaviy talablarga mos ravishda yangilanib, lokomotiv brigadalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa xodimlarning sifatli dam olishini ta’minlab, mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. “Qarshi MTU” filiali rahbari M.X. Mirzayev tomonidan Qarshi–Dasht stansiyalari oralig‘ida elektrovoz kabinasida kuzatib o‘tildi. Safar davomida temir yo‘l infratuzilmasi holati, harakat xavfsizligi va texnik sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, Dasht stansiyasida faoliyat yuritayotgan stansiya navbatchilarining ish jarayoni ham o‘rganilib, poyezdlar harakatini to‘g‘ri tashkil etish, aloqa va signallashtirish qurilmalarining sozligi hamda texnik hujjatlar yuritilish holati birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!