Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиVoleybol musobaqasi o'tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan, “O‘zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning 2025-yil 20-yanvardagi 26-H-sonli buyruq ijrosini ta’minlashda hamda temiryo‘lchi xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng rivojlantirish maqsadida, 2026-yil 20-aprel kuni Qarshi MTU filiali bo'limlari hamda stansiyalari ishchi-xodimlari o'rtasida VOLEYBOL musobaqasi o'tkazildi. Shiddatli va qizg'in kechgan bahslarda musobaqa sovrindorlari quyidagi o'rinlarni egalladilar: 1-o'rin Qarshi MTU-1 jamoasi; 2-o'rin Qarshi-Kitob uchastkasi jamoasi; 3-o'rin Dehqonobod jamoasi. Sovrindor jamoalarga Boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar hamda g'olib jamoaga ko'chma kubok topshirildi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN