Детали новости
Главная страница Новости Детали новости“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o'tkazilmoqda
“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o'tkazilmoqda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga asosan, filial tarkibidagi barcha korxona va stansiyalarda navbatdan tashqari tekshiruv va ko‘rik ishlari o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, joriy yilning 25-may kuni Qarshi-Muborak temir yo'l uchastkasida tekshiruv ishlari o'tkazildi. Mazkur ko‘riklardan asosiy maqsad — poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, texnologik intizomga rioya etilishi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi hamda korxona va qurilmalarning me’yoriy ish holatini nazorat qilishdan iborat. Ko‘rik davomida: ✔️ harakat xavfsizligi, ✔️ texnologik jarayonlarga rioya etilishi, ✔️ mehnat muhofazasi, ✔️ estetik holat va tozalik, ✔️ me’yoriy hujjatlarning yuritilishi kabi yo‘nalishlar chuqur o‘rganiladi. Tekshiruv ishlari “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X.Mirzayev raisligidagi komissiya tomonidan olib borilmoqda.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN