Выбор языка
Вид и погода
ВИД
Погода - Карши
--°C
Загружается...
Влажность: --%
Ветер: -- m/s
Последнее обновление: сейчас
Связаться с нами
Подписаться

Детали новости

Главная страница Новости Детали новости

Qarshi–Kengsoy temir yo‘l uchastkasida keng ko‘lamli ko‘rik ishlari amalga oshirildi

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga muvofiq, filial tasarrufidagi korxona hamda stansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik va nazorat ishlari tashkil etildi. Shu asosda, 1-iyun kuni Qarshi–Kengsoy temir yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligi va ekspluatatsiya jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Ko‘rik tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad: ✅ poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlash, ✅ texnologik intizomga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish, ✅ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini ta’minlash, ✅ hududlarning obodonlashtirilganligi va sanitariya holati, ✅ korxona va qurilmalarning texnik holatini baholashdan iborat. Mazkur tekshiruv ishlari “Qarshi MTU” filiali boshlig‘i M.X.Mirzayev boshchiligidagi komissiya tomonidan olib borilmoqda.

Telegram Channel Preview

Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами

Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!