Детали новости
Главная страница Новости Детали новостиTadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2026-yil 2-iyun kuni Qarshi MTU filiali ma'muriy binosida “Qarshi MTU” filiali bilan hamkorlikda ishlovchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tadbirkorlarning murojaat, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda joyida hal etishga qaratilgan 136-UN-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Tadbirda “Qarshi MTU” filiali rahbariyati, "Temiryo'lkargo" AJ Qarshi filiali rahbari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Qashqadaryo hududiy bo'lim boshlig'i ishtirok etib, tadbirkorlar bilan samimiy muloqot olib bordi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN