Детали новости
Главная страница Новости Детали новости“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida navbatdan tashqari ko‘rik ishlari davom etmoqda
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga muvofiq, filial tasarrufidagi korxona hamda stansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik va nazorat ishlari tashkil etildi. Shu asosda, 2-iyun kuni Qarshi stansiyasi, Qarshi lokomotiv depo filiali hamda Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi filialida harakat xavfsizligi va ekspluatatsiya jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Ko‘rik tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad: ✅ poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlash, ✅ texnologik intizomga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish, ✅ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini ta’minlash, ✅ hududlarning obodonlashtirilganligi va sanitariya holati, ✅ korxona va qurilmalarning texnik holatini baholashdan iborat. Mazkur tekshiruv ishlari “Qarshi MTU” filiali bosh muhandisi T.J.Xamrayev boshchiligidagi komissiya tomonidan olib borildi.
Присоединяйтесь к нашему Telegram-каналу и
воспользуйтесь удобствами
Статусы документов, поздравления, напоминания и уведомления в реальном времени - все это будет приходить вам вовремя через Telegram-канал!
UZ
EN